So’nggi yangiliklar

18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0

09 fev 10:13
Yangiliklar

Bolalar sporti

Yosh sportchilarga 1 milliard so'mga yaqin sport anjomlari ajratildi

Sportning ommaviyligini taminlash, yoshlarni sportga yanada ko'proq jalb qilish va barcha hududlarda sportsevar o'g'il-qizlar uchun etarlicha sharoitlar yaratish, davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.

Respublika jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan ushbu yo'nalishda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, chekka hududlarda, asosan qishloq joylarda qurilib ertamiz egalari ixtiyoriga topshirilayotgan sport inshootlari, ularda yaratilayotgan qulay sharoitlar tufayli sportchi yoshlar soni tobora oshib bormoqda.

Bu boradagi ijobiy ishlarni Toshkent viloyatida ham kuzatish mumkin. Birgina joriy yilning yanvar oyida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasining viloyat bo'limi tomonidan Bolalar va o'smirlar sport maktablariga 50 turdagi sport jihozlari tarqatildi.

- SHunisi etiborliki, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan uzoq hududlarda joylashgan Bolalar va o'smirlar sport maktablarining tarbiyalanuvchilari uchun sport jihozlari, jumladan tatamilar, futbol, basketbol, voleybol koptoklari, shuningdek badiiy gimnastikachi qizlar va bokschi yoshlarga 1 milliard so'mga yaqin sport buyumlari etkazib berildi, - deydi biz bilan suhbatda Toshkent viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Doniyor Risqiboev.

SHuni takidlash kerak, tarqatilayotgan sport anjomlarining deyarli barchasi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing