So’nggi yangiliklar

16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0

02 iyu 14:43
Yangiliklar

Tadbirlar

Navoiy viloyati hokimi bilan Prezident topshiriqlarining ijrosi bo'yicha rejalar muhokama qilindi

Teglar :  MOQNavoiy
MOQ rahbariyati 23 may kuni davlatimiz rahbari raisligida o'tgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida viloyatlarda bo'lib turibdi.

 O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qo'mita raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov boshchiligidagi ishchi guruh Buxorodan so'ng Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

Safar Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bilan uchrashuvdan boshlandi. Uchrashuvda viloyat sportidagi kamchiliklar, muammolar haqida so'z bordi. Tomonlar Respublikamizning eng yirik viloyatida sportni rivojlantirish yo'lidagi reja va takliflar bilan o'rtoqlashdilar.

SHuningdek, Prezidentimiz tomonidan alohida takidlangan selekciya ishlari va sport talimini yanada kuchaytirish uchun viloyatda infratuzilma etarli ekanligi qayd etildi.

Tashrif davomida mutasaddilar Navoiy viloyatidagi bir qator sport obektlarida bo'lishdi. BO'SM va IBO'SM, Olimpiya zaxiralari sport kollejiga qarashli sport zallaridagi sharoitlar bilan tanishishdi, murabbiy va sportchilar bilan suhbatlashishdi.

"Manaviyat va marifat markazi"da o'tkazilgan uchrashuvda Navoiydagi ilg'or sport muassasalari, shuningdek, viloyatdagi sport federaciyalari masullari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida iqtidorli atletlarni tayyorlash bo'yicha rejalashtirilayotgan mutlaqo yangi mexanizmning ishlash tizimi mutasaddilar tomonidan taqdimot ko'rinishida tushuntirib berildi.

 Ochiq muloqot tarzida o'tgan yig'ilishda viloyat sportiga befarq bo'lmagan murabbiy va mutaxassislar o'zlarini qiynayotgan muammolar, takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing