So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

16 iyu 12:55
Yangiliklar

Basketbol

Transport vaziri O'zbekiston basketbol federaciyasiga rahbar etib saylandi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida O'zbekiston basketbol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda federaciyaga yangi rais saylash kun tartibidagi asosiy masala bo'ldi.  

Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisining o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Federaciya mutasaddilari va uning hududiy vakillari, sport faxriylari ishtirok etishdi.

Konferenciyani Adham Ikramov kirish so'zi bilan ochib berdi. Vazir basketbolning nafaqat professional, balki ommaviy sportda ham tutgan o'rni xususida to'xtaldi. Ushbu sport turi bilan shug'ullanish uchun imkoniyatlar ko'pligi, har bir talim dargohlari va mahallalarda sport maydonlarining mavjudligi, “5 tashabbus olimpiadasi” musobaqasiga stritbol yo'nalishining kiritilgani uning ommaviyligini oshirishda yordam berishini qo'shimcha qildi.

Dastavval, boshqa ishga o'tgani sababli O'zbekiston basketbol federaciyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Ruslanbek Davletov o'z xohishiga ko'ra yozgan arizasi ko'rib chiqildi va delegatlar tomonidan qanoatlantirildi.

SHundan so'ng yig'ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o'tildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Transport vaziri Mahkamov Ilhom Rustamovichning nomzodi O'zbekiston basketbol federaciyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferenciya ishtirokchilari  tomonidan bir ovozdan maqullandi. SHu tariqa Ilhom Maxkamov O'zbekiston basketbol federaciyasi raisi etib saylandi.

Malumot uchun, Ilhom Maxkamov 1979 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Uzoq yillardan beri kommunal sohada, xususan, “O'zkommunxizmat” agentligining bosh direktori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri ishlagan. 2021 yildan O'zbekiston Respublikasi Transport vaziri lavozimida faoliyat yurityapti.

Oybek Kasimov va tadbirda so'z olgan boshqa ishtirokchilar federaciyaning yangi rahbariga mamlakatimizda basketbol sporti rivojini yangi darajaga olib chiqish, terma jamoalarimizni nafaqat yurtimiz, balki jahonda etakchilar qatoriga qo'shish yo'lidagi ishlarida kuch-g'ayrat tilashdi.

O'z o'rnida, Ilhom Maxkamov bildirilgan ishonchni oqlashga, basketbol sportini mamlakatimizda yanada ommalashtirish, sportchilarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga vada berdi. SHuningdek, kelgusida terma jamoalarning xalqaro maydondagi ishtirokini ko'paytirish, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etilishini malum qildi.

Tadbir davomida ayni paytdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish masalalari ko'rib chiqilib, dastlabki rejalar kelishib olindi. SHuning bilan, O'zbekiston basketbol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing